Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yevropada o‘z raketalarini joylashtirmasligini ma'lum qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari hozircha Yevropada o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bilan taqiqlangan raketalarni joylashtirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma'lum qildi.
«AQShning yaqin kelajakda Yevropada o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bilan taqiqlangan raketalarni joylashtirish rejasi yo‘q. Bu alyans va Qo‘shma Shtatlar uchun global strategiya masalasi hisoblanadi. Biz bu borada ittifoqchilar bilan maslahatlashuvlar olib bormoqdamiz», — dedi u.
Boltonning so‘zlariga ko‘ra,ayni vaqtda mazkur shartnomaga faqatgina ikki davlat aloqador va Rossiya uni buzmoqda, shartnomaning o‘zi esa eskirgan. Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya, Hindiston va Pokiston mazkur shartnomaga aloqador emas.
«Bizning baholashimizga ko‘ra, masalan Xitoydagi barcha ballistik va qanotli raketalarning uchdan bir qismidan yarmigacha qismi shartnoma bandlarini buzadi. Bu raketalar Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ittifoqchilarimizga xavf soladi», — dedi Bolton.
Uning qayd etishicha, Erondagi o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalar soni Xitoynikidan ham ko‘proq.
Eslatib o‘tamiz, 21 oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini ma'lum qilgandi
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026