Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada siyosatchilarni o‘ldirmoqchi bo‘lgan harbiylar fitnasi fosh qilindi
Germaniya jinoyat politsiyasi federal boshqarmasi siyosiy qotilliklar sodir etmoqchi bo‘lgan harbiylar fitnasini fosh etdi. Bu haqda Focus nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, guruh bundesver harbiylari, maxsus kuchlar jangchilari va Uniter askarlari uyushmasi a'zolaridan iborat bo‘lgan. Davlatning muqarrar parokanda bo‘lishiga ishongan fitnachilar “iks kuni”ga tayyorlangan. Ular bu kuni nomaqbul bo‘lgan siyosatchilarni bir joyga to‘plab, ularni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan. O‘ldirilishi kerak bo‘lganlar to‘liq ro‘yxati hali noma'lum, biroq asosiy “nishonlar” orasida So‘l partiyaning bundestagdagi fraksiyasi yetakchisi Ditmar Bartch bo‘lgan. Shuningdek, fitnachilar qotilliklarni sodir etgandan keyin nima qilmoqchi bo‘lganlari ham hozircha noma'lum.
Foto: dpa/Kay Nietfeld
Nashrning ma'lum qilishicha, fitnachilar o‘z rejalarini amalga oshirish uchun qurol, o‘q-dori va yonilg‘i to‘plashgan. Guruh a'zolari keyingi harakatlarni muhokama qilish uchun maxfiy yig‘ilishlar o‘tkazgan.
Ta'kidlanishicha, harbiy kontrrazvedka xodimi fitnachilarni tintuvlar va tergov borishi haqida ogohlantirib turgan. Ushbu erkakka ayblovlar qo‘yilgan.
Tergovning o‘rnatishicha, nemis hukumatiga qarshi teraktlar rejalashtirgan Franko A. ismli askar Germaniya fuqarosi bo‘la turib, migratsiya xizmatiga go‘yoki suriyalik qochqin ekanligi haqida yolg‘on ma'lumot bergan. Bundan maqsad esa keyinchalik teraktlar uchun javobgarlikni muhojirlar zimmasiga ag‘darish bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:20
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
08:28 / 03.06.2026