Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta'limi vazirligining “Eksternat töğrisidagi Nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2015 yil 13 apreldagi 9-mh-sonli buyruği bilan tasdiqlangan Eksternat töğrisidagi Nizomga tegişli özgartirişlar kiritilişi mumkin.

Eksternat töğrisidagi Nizomga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalar
 
1. Kiriş qismidagi “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli «Özbekiston Respublikasida umumiy örta ta'limni taşkil etiş töğrisida»gi” qarori “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 maydagi 140-sonli “Umumiy örta ta'lim töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaroriga almaştiriladi.”.

2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“5. Attestatsiyada umumiy örta ta'lim dasturlarini davlat ta'lim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil özlaştirgan va tegişli yilda 16 yoşga töladigan hamda undan katta yoşdagi fuqarolar, umumiy örta ta'lim dasturlarini davlat ta'lim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil özlaştirgan va tegişli yilda 18 yoşga töladigan hamda undan katta yoşdagi fuqarolar qatnaşişi mumkin.”

3. Quyidagi mazmunda 5-1-band bilan töldiriladi:

“5-1. Umumiy örta ta'lim töğrisida şahodatnomaga ega fuqarolar 11-sinf doirasida attestatsiyadan ötkaziladi.

Ekstern bir vaqtning özida 9-sinf va 11–sinf doirasida attestatsiyadan ötkazilmaydi.

Eksternga umumiy örta ta'lim töğrisida şahodatnoma olganidan söng ikki yil muddatdan keyin örta ma'lumot töğrisida şahodatnoma beriladi”.

4. 8-bandning beşinçi xatboşidan “Eksternning yaşaş joyidagi fuqarolarning özini özi boşqariş organi tomonidan berilgan ma'lumotnoma". degan sözlar çiqarib taşlanadi.

5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“15. Ekstern 9, 11 sinflardagi baholar (özlaştiriş) tabeliga asosan, attestatsiya ötkazilmaydigan fanlardan ijobiy baholangan bölsa, uşbu fanlardan attestatsiyadan ozod etiladi”.