Xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘payadi

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati quyidagi mazmundagi band bilan to‘ldiriladi:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi”.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtiradilar.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklatiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xodimlari Toshkentda doimiy propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paygan edi.
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:31
Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:43 / 03.07.2025
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi

16:15 / 02.07.2025