Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi munosabatlar yaxşilanayotgani haqida aytib ötdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
«Şuni aniq aytişim mumkinki, Özbekistonda juda ijobiy özgarişlar yuz beryapti. Afsuski, ötgan yillar davomida iqtisodiyotimizdagi özaro munosabatlar hajmi 5 foizdan oşmagan. Biz juda köp vaqtni behuda yöqotdik. Tasavvur qila olasizmi, Özbekiston Qozoğiston buğdoyini Yevropa orqali sotib olgan. Bu haqiqatdan ham kuzatilgan», - dedi Nazarboyev Astana Club yiğilişi iştirokçilariga.
Ammo sönggi ikki yil içida, prezidentning sözlariga köra, özaro savdo har yili ikki barobarga ortib boryapti.
«Çegaralar oçildi, bojxona umumiy, iqtisodiyotlarning aloqasi juda faol. Men Özbekiston kelajagiga katta nekbinlik bilan qaramoqdaman. U yerda köp özgarişlar yuz berdi, iqtisodiyot yanada erkinlaşdi, siyosat ham liberallaşdi. Lekin hammasini juda tezlik bilan qilişning imkoni yöq. Hammasi orqada qolib ketgandi va prezident Şavkat Mirziyoyev, menimça, töğri yöldan ketyapti hamda munosabatlarni töğri yölga qöymoqda. Şuning uçun kelajak, menimça, bundan ham yaxşiroq böladi», - dedi Nazarboyev.
Prezidentning sözlariga köra, Qozoğiston va Özbekistonni savdo aloqalaridan taşqari, «umumiy muammolar» ham birlaştiradi:
«Orol dengizining bir avlod hayotida yöq bölib ketişi - bir trillion tonna suv bor edi, juda katta miqdorda baliq tutilardi. Sobiq sovet ittifoqining notöğri iqtisodiy rejalaştirişi tufayli butunboşli dengiz yöqoldi. Endi bu dengizning böm-böş tubidan millionlab tonna tuz kötarilmoqda. U Yevropaga, bizning toğlar çöqqilariga kelib tuşib, muzliklarni eritmoqda. Bu bizning katta muammomiz»
Uning qayd etişiça, davlat rahbarlari bu masalani muhokama qilişdi va jahon hamjamiyatiga uşbu ekologik falokatni bartaraf etişda yordam sörab murojaat bilan çiqişdi.
«Rostini aytganda, u butun sayyoraniki. Tadqiqotlar şuni körsatdiki, bu tuz hamma joyga, hattoki, Norvegiya, Grenlandiyaga ham yetib bormoqda», – deya qöşimça qilib ötdi u.

















