Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasini qayta tuzişni taklif etmoqda, bu haqda 2025 yilgaça turizmni rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasida aytiladi.
Aviataşuvçini aviatsiya, aeroportlar boşqaruvi va aviatsiyani tartibga soliş organni ajratib turuvçi bir neçta raqobatlaşuvçi kompaniyalarga ajratiş taklif qilinmoqda.
Milliy aviakompaniyaning raqobatbardoşligini, jumladan, servis, bortda turli tillardagi multimedia xizmatlar sifati va miqdorini yaxşilaş, yanada moslaşuvçan narx siyosati, onlayn bron qiliş xizmatlaridan foydalaniş va aviaçiptalar sotib olişni kengaytiriş yöli bilan oşiriş rejalaştirilmoqda.
Hujjatda, şuningdek, respublikaning ayrim xalqaro aeroportlari hududida «Oçiq osmon» rejimini loukoster-aviakompaniyalarni jalb etgan holda tatbiq etiş yöli bilan mamlakat mintaqalariga/mintaqalaridan muntazam reyslarni amalga oşiradigan xorijiy aviakompaniyalar sonini köpaytiriş nazarda tutilgan.

















