Amerika Qöşma Ştatlari va Xitoy Hind-Tinç okeani mintaqasiga turli pozitsiyada qaramoqda, ularning fikrlari Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari sammitida ajraldi. Uşbu mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamda strategik manfaatlari ikki qudratli davlat bilan çambarças boğliqdir, deb yozmoqda Associated Press.
Singapurdagi ASEAN sammitida sözga çiqqan vitse-prezident Mayk Pens mintaqada «imperiyaça ambitsiyalar va tajovuzkorlikka» örin yöqligini ma'lum qildi. Pencning ta'kidlaşiça, AQŞning mintaqaga sodiqligi «qat'iy hamda özgarişsiz».
«Hind-Tinç okeani mintaqasi böyiça pozitsiyamizda bironta xalq çiqarib taşlanmaydi. U har bir mamlakat öz qöşnilariga hurmatda bölişi, mamlakatlarimizning suvereniteti va xalqaro qoidalariga hurmat bilan qaraşini talab etadi», - dedi Penc.
Agentlikning qayd etişiça, AQŞ vitse-prezidenti şu tarzda, yaşirin şaklda Xitoyning ösib borayotgan ta'siri va uning Janubi-Xitoy dengizidagi harbiy ekspansiyasini qoralagan. Şu bilan birga, Xitoy Davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan Singapurdagi sammit doirasida Xitoyning butun mintaqa böylab ösib borayotgan ta'siriga oid qöşnilar taşvişiga barham berişga harakat qildi, deyiladi materialda.
XXR Davlat kengaşi boş vaziri ASEAN yetakçilari bilan uçraşuv davomida ularni Amerika savdo siyosati tufayli biroz qözğalgan jahon bozorlarini barqarorlaştirişda yordam körsatişga çaqirdi.
ASEAN davlatlari Xitoyning AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati global savdo tizimidan voz keçişi böyiça xavotirini qöllab-quvvatlaydi, u Xitoy iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş va boyitişga yordam berdi. Singapurdagi uçraşuvlarda qatnaşgan köplab rahbarlar proteksionizm bilan kuraşiş hamda global savdoni tartibga soluvçi qoidalarni himoya qiliş zarurligini ta'kidladilar, deya qayd etadi AP.
Bildirilişiça, mintaqa Janubi-Xitoy dengizidagi mojarolar tufayli AQŞ va boşqa davlatlarda jiddiy taşviş uyğotmoqda. ASEAN yetakçilari bu tumanda vazminlikka kelişib olişdi hamda dengizdagi keskinlikni oşirmaslik maqsadida kerakli yöllar va vositalarni muhokama qildilar, deya qöşimça qiladi agentlik.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi nimalarga olib kelişi mumkinligini aytgandi.

















