Innovatsion rivojlanish vaziriga birdaniga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi
Innovatsion rivojlanish vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Sharof Rajabboyev Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Oybek Norinboyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Joriy yilning avgust oyi boshlarida «Buyuk kelajak» XNNT a'zosi Yo‘lbarsxon Mansurov O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangandi.
Undan avval, iyul oyi o‘rtalarida Azimjon Nazarov ham O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta'minlash maqsadida tashkil etilgan.
Mavzuga oid
23:52 / 11.08.2020
Doktorantura ta'limi shartlari haqida qo‘shimcha ma'lumot berildi
09:41 / 18.07.2019
O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasiga yangi rais saylandi
13:49 / 06.07.2019
O‘zbekistonda ilmiy-ommabop QVANT platformasi yaratildi
18:50 / 18.05.2019