BMTning Kongo demkoratik respublikasidagi tinçlikparvar missiyasining 7 a'zosi halok böldi, 10 a'zosi yaralandi va bir a'zosi yöqolib qoldi. Bu haqda BMT boş kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik xabar qildi.   

Ta'kidlanişiça, halok bölganlarning 6 nafari Malavidan va bir nafari Tanzaniyadan bölgan. Voqea hozirda Ebola kasalligi kuçayayotgan Şimoliy Kivu viloyatida yuz bergan.

Dyujarrikning ma'lum qilinşiça, tinçlikparvar askarlar Birlaşgan demokratik kuçlar isyonçi taşkiloti a'zolari bilan töqnaşuvda halok bölganlar.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, Kongoda Ebola virusi bilan 247 ta kasallaniş holati qayd qilingan, ulardan 212 tasi tasdiqlangan. 159 kişi hayotdan köz yumgan, 65 kişi soğayib ketgan.