2018 yil 17 noyabr kuni Hududlarda jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş va huquqbuzarlikka qarşi kuraşiş Respublika komissiyasi hamda Xalq deputatlari Farğona viloyat Kengaşining qöşma yiğilişi bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga köra, tadbirda Respublika Komissiyasi 1-mintaqaviy Işçi guruh tomonidan Respublika Komissiyasi hamda Xalq deputatlari Farğona viloyat Kengaşining 2017 yil 12 dekabr kungi Qöşma qarori ijrosi, viloyatda joriy yilning ön oyida jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş va huquqbuzarlikka qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilgan işlarni örganiş natijalari muhokama qilindi.

Tahlil etilayotgan yönalişda sektorlar faoliyati hamda davlat va jamoat taşkilotlarining özaro hamkorligi töğri yölga qöyilmaganligi natijasida viloyatda qasddan odam öldiriş, bosqinçilik, odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi kabi oğir jinoyatlar soni Farğona, Qöqon, Quvasoy, Marğilon şaharlari, Oltiariq, Quva, Buvayda, Boğdod, Beşariq, Qöştepa, Toşloq, Söx,  Rişton Farğona, Furqat tumanlarida oşgan. Bunday noxuş statistik manzaraning sabablari tahlil etilar ekan, aksariyat hollarda jinoyatlar sodir etilişiga oilaviy munosabatlarning keskinlaşuvi, fuqarolar iqtisodiy holatining yomonlaşuvi, qolaversa, mahalla va jamoatçilikning notinç oilalarga nisbatan loqaydligi sabab bölayotganligi qayd etildi. 

Şuningdek yiğilişda ta'lim muassasalari, Yoşlar ittifoqi, voyaga yetmaganlar işlari böyiça komissiyalar va boşqa mutasaddi idoralar faoliyati ham kutilgan natijalarni bermaganligi qayd etildi. Jumladan, voyaga yetmaganlar va yoşlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar umumiy jinoyatlarning qariyb uçdan birini (38,3%) taşkil etgan.

Köngiloçar maskanlarida tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarning bölganligi aniqlanib, ularning katta qismi maktab öquvçilari ekanliklari qayd etildi.