Eronning oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçisi - «Tamnuş»​ şirkati, faoliyatiga 16 yil tölgandan söng, işlab çiqariş tarmoğini töxtatib, yuzlab xodimlarini işdan böşatdi. Eronga qarşi kiritilgan AQŞ sanksiyalari, import xom aşyo tovarlar narxining sun'iy ortib ketişi, ta'siri oqibatida «Tamnuş»​ rahbariyat şunday qarorga kelgan.

«Bizning 45 nafar xodimimiz endi işsiz qoldi. Erkaklar taksi haydaşmoqda, ayollar esa uy bekasi»​, - deydi kompaniya boş direktori Farzad Raşidiy.

Foto: AP

Reuters agentligining ayrim işbilarmonlar bilan ötkazgan intervyulariga köra, yuzlab kompaniyalar işlab çiqarişni töxtatib qöygan va minglab işçilar, AQŞning yangi sanksiyalari kelib çiqişiga sabab bölgan duşmanlik muhiti tufayli işdan böşatilgan.

Eron rial valyutasi yaqin olti oy içida eng sekin rivojlaniş körsatkiçlariga ega, u dollarga nisbatan rekord darajada qadrsizlangan. Avgust oyida AQŞ oltin savdosi va Eron avtomobilsozlik tarmoqlariga qattiq zarba beruvçi sanksiyalarni joriy etgandi. Noyabr oyidan esa Eronning neft konlari va moliya sektoriga ta'sir körsatuvçi sanksiyalar kuçga kirdi.

«Ötgan bir neça oy içida biz beş milliard rial (rasmiy kurs böyiça 120 ming dollar) yöqotdik, şuning uçun valyuta bozoridagi özgarişlar davom etaversa, boşqaruv kengaşi faoliyatimizning barça turini töxtatişga qaror qildi»​, - deydi Raşidiy.

Eron hukumati işsizlikdan boş kötargan yoşlarning qahriga duç kelib, mamlakatni namoyişlarning yangi tölqini qamrab olişi ham mumkin. Rasmiy prognozlarga köra, sanksiyalar ayni çoğdagi iqtisodiy inqiroz şaroitini yanada yomonlaştiradi.

Mehnat vaziri Ali Rabiy mehnat bozorini sanksiyalardan yetarli darajada himoya qilolmagani uçun parlament tomonidan işdan böşatildi. Eronda yil oxiriga qadar yana million kişi işini yöqotişi mumkin. Hozir Eronda işsizlik 12,1 foizni taşkil qiladi, uç million eronlik iş topa olmayapti.

Sentyabr oyidagi parlament hisobotida ta'kidlanganidek, işsizlikning ösişi Islom Respublikasi barqarorligiga tahdid solişi mumkin.

«Agar mamlakatdagi iqtisodiy ahvol sönggi noroziliklarni keltirib çiqargan asosiy omil, deb hisoblasak va 10 foiz inflyatsiya darajasi, şuningdek, 12 foiz işsizlik darajasi mana şu noroziliklarga olib kelgan bölsa, biz keskin özgarişga qanday bardoş beramiz, buni bilmayman»​, - deydi Raşidiy.