Joriy yilning 29 oktyabrdan 16 noyabriga qadar Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Xalqaro mehnat taşkiloti hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida «Zakovat» intellektual öyini doirasida mehnat huquqiga bağişlangan «Talabalar kubogi» turnirini taşkil etdi.

Tadbirdan közlangan asosiy maqsad talaba yoşlarning mantiqiy fikrlaş doirasini hamda dunyoqaraşini kengaytiriş, ular orasida mehnat huquqiga oid bilimlarni tarğib qilişda interaktiv usullardan foydalaniş, turli viloyat talabalari örtasida döstona muhitni şakllantirişdir.
Turnirda respublikamizdagi 80ta oliy ta'lim muassasasidan jami 640 nafar iştirokçi qatnaşdi.


Xalqaro talabalar kuni arafasida, ya'ni 16 noyabr kuni saralaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötgan 15ta jamoa iştirokida turnirning respublika bosqiçi ötkazildi. Tadbirda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi örinbosari Ya.Fayzullayev, Xalqaro mehnat taşkilotining Uçinçi tomon monitoringi loyihasi vakillari Yonas Astrup va Oksana Lipkanu hamda Oliy va örta maxsus ta'limi vazirining birinçi örinbosari O.Abdurahmonov iştirok etdi va talabalarni öziga xos intellektual bayram bilan qutladi.



Jamoalarga 45ta mantiqiy savollar berildi va eng köp oçko töplagan quyidagi jamoalar respublika bosqiçida ğolib bölişdi:




















