
“Özpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvçi paxta tozalaş korxonalarining qayta işlaş mavsumi davrida jin va linter uskunalarining arralari eng köp talab etiladigan ehtiyot qismlari hisoblanadi. 2017 yil 23 fevraldagi 2796-sonli “Tadbirkorlarning işlab çiqariş maydonlaridan foydalanişlarini yanada rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qaroriga asosan mahalliylaştiriş hisobiga tizim korxonalariga import qilinadigan ehtiyot va butlovçi qismlar hajmini va valyuta sarfini kamaytiriş maqsadida uşbu arralarni işlab çiqarişni taşkil etiş loyihasi amalga oşirildi.


Uşbu loyihani amalga oşirişda “Parmodus energie” MÇJ va “Özpaxtasanoat” AJ tizimidagi “Qorasuv paxta tozalaş” AJ ta'sisçiligida “Sotton gin” MÇJ taşkil etildi. Xitoy xalq respublikasidan texnologik uskunalar xarid qilinib bugungi kunda jin va linter uskunalari arralari işlab çiqarilmoqda.
Korxonaga keltirilgan texnologik uskunalarning yillik işlab çiqariş quvvati 1 million 500 ming donadan 2 million donagaça jin va linter uskunalari disklarini taşkil etib, bu körsatkiç bilan “Özpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvçi paxta tozalaş korxonalarini işlab çiqariş mavsumidagi talabi töliq qondiriladi.

Hozirgi kunda uşbu korxonada 10 nafar işçi örni yaratilib sifatli arralar işlab çiqarilmoqda. Uşbu arralarning oldingi çet davlatlardan olib kirilganlaridan farqi işçi soati 1 oydan 2 oygaçani taşkil etadi. Bu esa işlab çiqariladigan tola tannarxini pasayişiga ta'sir etadi. Bundan taşqari, respublika valyuta fondidan valyuta sarfini bir mavsumda paxta tozalaş korxonalarida talab etiladigan 1 000 000 dona arralar sonidan kelib çiqadigan bölsak örtaça 2 mln. AQŞ dollari tejab qolişiga erişilmoqda.


Şu bilan birga, uşbu turdagi mahsulotlarni eksport qiliş maqsadida bugungi kunda Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirğiziston hamda Ozarboyjon davlatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Kelajakda uşbu davlatlar bilan hamkorlik yölga qöyilişi bilan korxona işlab çiqariş quvvatini oşiriş közda tutilgan.















