20 noyabr kuni Xalq deputatlari Törtköl tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Qoraqalpoğiston axborot agentligi xabariga köra, sessiyada taşkiliy masala körilib, Törtköl tumaniga yangi hokim tayinlangan.
Endilikda şu vaqtgaça Qaşqadaryo viloyati prokurori örinbosari sifatida işlab kelayotgan Yangaboy Aminoviç Bobojonov Törtköl tumanining yangi hokimiga aylangan.
Yangaboy Bobojonov muqaddam Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori örinbosari sifatida ham işlagan.
U 2017 yilning dekabr oyidan buyon Törtkölga rahbarlik qilgan Ne'matulla Xudoyberganov örnini egallagan. 19 yil davomida Qoraqalpoğistonning boşqa bir tumani - Ellikqal'aga rahbar bölgan (1997-2017 y) Xudoyberganovning işdan olinişi sabablari va uning keyingi faoliyati haqida ham hozirça ma'lumot yöq.
Bundan avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimi, asli prokuror Uluğbek Qosimov viloyat prokurori lavozimiga ötkazilgaç, uning örnini prokuratura tizimidan çiqqan Baxtiyor Ibatov egallagandi.
Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Pölatov ham bu lavozimigaça Qaşqadaryo va Toşkent viloyatida prokuror bölib işlagan.












