Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh bazalari va aviatashuvchilariga zarba berishga qodir raketalarga egaligini ma'lum qildi
Eron aerokosmik kuchlari rahbarining ma'lum qilishicha, mamlakat Qo‘shma Shtatlar harbiy bazalariga zarba berishi, shuningdek, Fors ko‘rfazidagi AQSh aviatashuvchilariga zarar yetkaza olishi mumkin bo‘lgan raketalarga egadir. Bu haqda Reuters Eronning Tasnim agentligiga asosan xabar bermoqda.
Harbiy xizmatchining ta'kidlashicha, agar Qo‘shma Shtatlar fitna qo‘zg‘aydigan bo‘lsa, Eron armiyasi quroldan foydalana boshlaydi.
«Bizning «yer-dengiz» raketalarimiz 700 kilometrlik masofada joylashgan obektni aniq nishonga olishi mumkin. AQSh aviatashuvchilari bizning maqsadlarimizdir», - deya qayd etib o‘tgan Eron aerokosmik kuchlari rahbari.
U Amerika tomoni mintaqada harbiy mojaroni qanday yo‘l bilan keltirib chiqarishi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Mey bilan Eron tufayli urishib qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026