Iqtisodiyot | 13:49 / 22.11.2018
8124
2 daqiqa o‘qiladi

Noto‘g‘ri to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish tizimi to‘liq avtomatlashtirilgan bosqichga o‘tmoqda

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Joriy yilining 21 noyabr kuni Moliya vazirligida G‘aznachilik boshlig‘i-moliya vaziri o‘rinbosari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat xizmatlari agentligi, Avtomobil transport agentligi va Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan to‘lovlarni o‘z vaqtida qaytarishda qulayliklar yaratish maqsadida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish bo‘yicha vakolatli organlari tomonidan xulosalarni elektron tarzda g‘aznachilik organlariga elektron ma'lumotlar almashinuvi yo‘li orqali yuborilishi yuzasidan kelishib olindi. Bu esa, ortiqcha va noto‘g‘ri to‘langan mablag‘larni tezkorlik bilan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarilishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda yuridik va jismoniy shaxslar ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish uchun 15 kundan 20 kungacha vaqt talab etmoqda. To‘liq elektron tizimga o‘tilishi natijasida bu jarayon 3-4 baravargacha qisqaradi.

Mavzuga oid