Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammiti Tojikistonda bo‘lib o‘tadi
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga a'zo davlatlar rahbarlarining beshinchi sammiti 2019 yilda Tojikistonda bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Qozog‘iston TIV matbuot xizmati.
Qozog‘iston TIV rahbari Kayrat Abdraxmanov OHIChBK kotibiyati ijrochi direktori Habib Mirzozoda bilan sammitga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
2018 yil sentabrda BMT bosh assambmleyasining 73-sessiyasida OHIChBKga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, unda forumda 2018-2020 yillarda raislik qilish Xitoydan Tojikistonga o‘tgandi.
OHIChBK 1992 yilda Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning faoliyati Osiyoda xavfsizlikni ta'minlash sohasida qarorlar qabul qilish va choralar ko‘rishda o‘zaro muloqot uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilgan. Tashkilotga 27 davlat, jumladan O‘zbekiston ham a'zo bo‘lgan. Sakkiz davlat va beshta xalqaro tashkilot forumda kuzatuvchi hisoblanadi. OHIChBK bosh qarorgohi Ostona shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:33 / 23.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha sammit: YeI rahbarlari o‘z birdamligini ta’kidladi
18:08 / 17.12.2025
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi
21:09 / 04.12.2025