Oddiy askar Jamşid Himmatov Prezidentga fortepianoda kuy ijro etib, muddatli harbiy xizmatni ötab bölgaç, Özbekiston davlat konservatoriyasiga imtiyoz asosida öqişga qabul qilinadigan böldi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga şu haqida xabar berdi.
16 noyabr kuni Özbekiston Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev Şimoli-ğarbiy harbiy okrugining Nukus garnizonida bölib, harbiy xizmatçilarga yaratilgan şaroitlar bilan tanişgani haqida xabar berilgandi. Şavkat Mirziyoyev bu yerda turli yönalişlar böyiça ötkazilayotgan maşğulotlar jarayonini közdan keçirgan, yoşlar bilan suhbatlaşgan.

Öşanda garnizondagi harbiy qismlarning birida oddiy askar Jamşid Himmatov Prezidentga fortepianoda kuy ijro etib, barçaning olqişiga sazovor böldi. Jamşid Himmatov davlat rahbari topşiriğiga muvofiq muddatli harbiy xizmatni ötab bölgaç, Özbekiston davlat konservatoriyasiga imtiyoz asosida öqişga qabul qilinadigan böldi.
«Prezidentimizning biz xizmat qilayotgan garnizonga taşrifidan xabar topgaç, u kişiga fortepianoda milliy mumtoz qöşiqlarimizdan birini ijro etib beriş taşabbusi bilan çiqdim. Bu fikrimni komandirlarim, xizmatdoş döstlarim ham qöllab-quvvatladi va men orzuimga erişdim. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan menga bildirilgan yuksak işonçdan unumli foydalanib, kelajakda Qurolli Kuçlarimiz harbiy orkestrida xizmat qiliş niyatim bor», — deydi Jamşid Himmatov.
Jamşid Himmatov 1998 yili Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida tuğilgan. 2017 yili Termiz san'at kollejida «Akademik vokal artisti» yönalişi böyiça tahsil olgan. 2018 yili muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan va hozirda Nukus garnizonida yigitlik burçini ötamoqda.
















