Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ba'zi tumanlarida 22 noyabr kuni issiqlik energiyasi va issiq suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi
2018 yil 22 noyabr kuni soat 10:00dan 18:00gacha, «Toshkent HETK» AJning 110 kVt L-6-O havo elektr tarmog‘idagi 3-sonli tayanchi avariyasini ta'mirlash maqsadida 10-Issiqlik markaziga kelayotgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i o‘chirilishi rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu 10-Issiqlik markazi o‘chirilishi natijasida Shayxontohur tumani Ibn-Sino va Jarariq mavzelarida hamda Olmazor tumanining Qora-qamish 2/4, 2/3, Tansiqboyev-1, 2, 3, 4, Shifokorlar, TashGU-PI, Olimpiya, Chimboy mavzelarida va Talabalar shaharchasida issiqlik energiyasi va issiq suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
«Toshissiqquvvati» DUK poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan yetkaziladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:20 / 04.07.2026