Bola tarbiyasiga javobgarlik masalasi oilaning, mahallaning, jamiyatning istiqboliga e'tibordir. Tarbiyadagi eng kiçik e'tiborsizlik ham ertangi kundagi katta köngilsizliklarga yöl oçib berişi mumkin. Bugungi kunda yoşlar asosan tanballik, osongina boyib ketiş hirsi sabab jinoyat yöliga kirib ketmoqda. Öğirlikning sodir etilişi birovning mulkiga egalik qiliş maylidan boşlanadi. Agar farzand bu mayldan vaqtida qaytarilmasa, jinoyat tubsizligiga kirib ketaveradi. Yoşlarni hayotsevarlik ruhida tarbiyalaş, kitob mutolaasiga hamda ularning qiziqişlariga qarab kasb-hunar tögaraklariga va har xil musobaqalarga jalb etiş turli xil illatlarning ildizini kesadi. Yoşlarni jaholatga qarşi ma'rifat bilan kuraşişga undaş lozim.

Yoşlarimiz orasida ilmga intiluvçan, ma'rifatlilari ham bor ammo, qandaydir qinğir yöllarga kirib noxuş hodisalarga sabab bölib, jazo muddatini ötayotganlar ham yöq emas. U yerdagi yoşlarning köpçiligining adaşişiga oilaviy nosoğlom muhit sabab bölgan. Ota-onalardan birining ögayligi yoki oilada farzandni töqlikka şöxlik asnosida ösişi, otasi içkilikka, yomon odatlarga berilgan va farzand ham «Quş uyasida körganini qilgani»dek, ota-onasidan namuna olib voyaga yetgan.

Yoşlar örtasida sodir etilayotgan bu kabi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, şuningdek, yoşlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş hamda 2019 yilda bajariladigan vazifalarni belgilaş maqsadida 20 noyabrdan boşlab respublikaning barça hududida «Barçasi öz qölingda!» şiori ostida yoşlar örtasidagi tarğibot dekadasiga start berildi. Dekada 30 noyabrgaça davom etadi. Dekada doirasida har bir hududda 10 kunlik «Tungi reydlar» ötkazilmoqda.

10 kun davomida viloyatlar miqyosida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni bartaraf etişga oid «Tungi reydlar» ötkazilib, nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan yoşlar bilan tibbiy körik va psixologik suhbatlar, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş böyiça «Street workout» musobaqalari taşkil etilmoqda. Yoşlarda vatanparvarlik hissini uyğotiş maqsadida ular bilan hududdagi harbiy qismlarga sayohatlar yölga qöyilyapti. Barça tumanlarda jadval asosida «Barçasi öz qölingda!» şiori ostida pedagogik-psixologik treninglar, «Men kasb tanlayman» nomli ijtimoiy tadbirlar orqali yoşlarga kasb-hunar tanlaşga kömaklaşildi. Tarğibot dekadasi yakunida barça hududlarda mutasaddi taşkilotlar tomonidan brifing ötkazilib, tarğibot loyihasi doirasida amalga oşirilgan işlar va erişilgan natijalar töğrisida axborot beriş rejalaştirilgan.