Mover'da köriş (tas-ix)

Youtube'da köriş

Erta kelgan qiş mavsumi oldidan 3 noyabr kuni Toşkent şahar IIBB qoşidagi boşpanasiz şaxslar uçun reabilitatsiya markazi xayriya aksiyasini ötkazgandi. Unda Toşkent motobaykerlari guruhi ham köngilli ravişda faol qatnaşgan, aksiya vaqtida yaşaş joyi bölmagan kişilarga ust-boş, issiq ovqat va gigiyenik vositalar bepul tarqatilgandi.

Şu yilning 26 aprelida Vazirlar Mahkamasining «Içki işlar organlarining muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazlari töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi 309-son qarori e'lon qilingan. Hujjatda kişini boşpanasiz deb topiş uçun u bir yöla 4ta mezonga töğri kelişi şartligi belgilangan:

- 18 yoşdan oşgan bölişi;
- şaxsini tasdiqlovçi hujjatlari (pasport, haydovçilik guvohnomasi, harbiy bilet va boşqalar) bölmasligi;
- biror manzilda vaqtinça yoki doimiy propiskasi bölmasligi yoxud yaşaş joyi böyiça hisobda turmasligi;
- ğayriijtimoiy xulq-atvorli, şuningdek, huquqbuzarlik sodir etişga moyil bölişi.

Boşpanasizlarga yordam beriş borasida Özbekistonda ham amaliy işlar sekin-asta ijobiy tomonga özgarmoqda. Dastlab Toşkent şahar IIBB va Andijon IIB taşabbusi bilan jazirama yoz oylarida boşpanasiz insonlarga yordam berilgandi.

Ma'lumotlarga köra, ayni damda Yaşnobod tumani Baratxöja 3-manzilida joylaşgan markaz faoliyatiga xayrixoh odamlardan köp murojaatlar kelib tuşmoqda, ular markazdagi yordamga muhtoj kişilarga qanday qilib kömak körsatişlari mumkinligiga qiziqişmoqda.

Agar boşpanasiz va heç bir hujjatsiz kişini uçratib qolsangiz yoki Reabilitatsiya markaziga xayriya uçun kiyimlar, gigiyena vositalari, uzoq muddatli yaroqlilikka ega oziq-ovqat mahsulotlari, kitoblar taqdim etmoqçi bölsangiz, hududingizdagi profilaktika inspektoriga, 102 raqamiga yoki Markaz vakillarining quyidagi raqamlariga murojaat qilişingiz söraladi: +998983670708, +998983660107.