Ishonch darajasi reytingi. Si Tszinpin Putin va Trampni ortda qoldirdi
Xitoy rahbari Si Tszinpin jahon yetakchilariga ishonch darajasi bo‘yicha reytingda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh davlat rahbari Donald Trampni ortda qoldirdi. Bunday ma'lumot Italiyaning Milton Fridman instituti hisobotida keltirilgan.
Hisobot mualliflari uni 2017-2018 yillardagi bir qator siyosiy tadqiqotlar asosida tayyorlab, Si Tszinpinni mamlakatda eng maksimal ishonch reytingiga ega davlat rahbari, deb atashdi. Ta'kidlanishicha, u Xitoyni jahon maydonida mustahkamlagani, shuningdek, ijtimoiy siyosati tufayli shunday natijaga erishdi.
Ikkinchi o‘rinni Putin egalladi, kuchli uchlikka esa Tramp yakun yasab berdi. Har ikki siyosatchini ma'qullash reytingi, hisobot mualliflari fikriga ko‘ra, protektsionistik siyosat bilan izohlanadi.
Shuningdek, yetakchilar beshligiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ham kiritildi.
Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, liberal yetakchilar jahon hamjamiyati tomonidan tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlanmoqda, ammo ular davlat ichida konservativ yetakchilar bilan taqqoslaganda, nisbatan past reytingga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Tszinpin ochiqlikka chaqirgandi.
Mavzuga oid
07:21 / 22.03.2022
Shavkat Mirziyoyev Si Tszinpinga hamdardlik yo‘lladi
10:41 / 20.12.2021
Tramp Si Tszinpinni “qotil” deb atadi va undan 60 trln dollar talab qildi
22:33 / 11.11.2021
Xitoyda Si Tszinpin siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “tarixiy rezolyutsiya” qabul qilindi
09:37 / 15.09.2021