23 noyabr, juma kuni, Janubiy va Şimoliy Koreya vakillarining Pxanmunjom çegara punktida muzokaralari bölib ötadi. Ularda mamlakatlar örtasida optik tolali kabel örnatiş masalasi muhokama etiladi. Bu haqda TASS Janubiy Koreyaning Birlaşuv işlari böyiça vazirligi xabariga asosan ma'lum qildi.

Xabarda aytilişiça, Kesondagi Koreyalararo ofisda taşkil etiladigan uçraşuvda tomonlar telefon aloqa liniyasini modernizatsiya qiliş muammosini muhokama qiladilar. Şuningdek, mamlakatlar vakillari «eski mis kabellarni optik tolalisiga almaştiriş» masalasini ham kötarişadi.

Birlaşuv işlari böyiça vazirlikdan qöşimça qilişlariça, modernizatsiya böyiça bunday işlar Şimoliy Koreyaga nisbatan xalqaro sanksiyalarni buzmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR Janubiy Koreya bilan çegarada önta qöriqlaş punktini portlatib yuborgandi.