Tojikiston hukumati Xo‘janddagi mahbuslar koloniyasida sodir bo‘lgan tartibsizliklar bo‘yicha izoh berdi
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin Xo‘jand shahridagi mahbuslar koloniyasida sodir bo‘lgan tartibsizliklar chog‘ida mazkur muassasaning ikki nafar xodimi 21 nafar mahbus halok bo‘lgani, besh nafar soqchi kasalxonaga yotqizilganini ma'lum qildi.
Muhriddinning so‘zlariga ko‘ra, koloniyadagi isyonda asosan terrorizm, xususan IShIDga aloqadorlikda ayblanib jazo o‘tayotgan mahbuslar ishtirok etishgan.
"Isyon vaqtida 21 mahbus, koloniyaning ikki nafar xodimi halok bo‘ldi, besh nafar soqchi og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi", — deya vazirning so‘zlarini keltirdi Tojikiston TIV axborot departamenti.
Vazirning qayd etishicha, soqchilar va koloniya xodimlari isyonchilarni muloqotga chorlashgan.
"Ammo mahbuslar qarshilik ko‘rsatishda davom etishgan, bir necha kishi qochishga uringan. O‘ldirilganlarning o‘n ikki nafari Suriya va Iroqda IShID tarafida jang qilganligi uchun jazo o‘tayotganlar, uch nafari "Jamoat Ansarulloh", "Jundulloh" va "O‘zbekiston islom harakati" terrorchi guruhlari a'zosi bo‘lgan. Qolgan olti nafari qotillik va yirik miqdorda giyohvand moddalar kontrabandasi kabi jinoyatlari uchun qamalganlar bo‘lgan", — dedi Tojikiston TIV rahbari.
Uning bildirishicha, o‘z vazifasiga loqaydlik bilan qaragani uchun koloniya boshlig‘i Fayzullo Safarzoda, tartib saqlashni ta'minlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Sobirov va yana besh nafar xodimga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
7 noyabr kuni OAV Xo‘janddagi qamoqxonada Tojikistonda taqiqlangan IShID va «Hizb-ut-Tahrir»ga a'zoligi uchun qamalgan mahbuslar nozirlardan birining qurolini tortib olib, isyon boshlagani haqida xabar tarqatgandi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024