Sport | 17:31 / 24.11.2018
21701
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy olimpiya qo‘mitasi baland bo‘yli va baquvvat yigit-qizlar uchun tanlov e'lon qildi

Sport maydonlarida erishiladigan yutuqlar – avvalo shu yo‘lda tinimsiz intilib, kurashib yashaydigan insonning muvaffaqiyati, ayni vaqtda shu insonni tarbiyalab voyaga yetkazgan jamiyatning ham yutug‘idir.

Shundan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi muayyan talablarga mos keluvchi jismonan yetuk yoshlar va o‘rta yosh vakillarini viloyatlarning markaziy stadionlarida bo‘lib o‘tadigan ko‘rik-tanlov (kasting)da ishtirok etishga taklif qiladi.

Agarda siz:
- jismonan rivojlangan va baqquvat yigit - qizlar qatoridan bo‘lsangiz;
- bo‘yingiz 190 santimetr va undan yuqori bo‘lsa;
- sport bilan shug‘ullanishingizga qarshi tibbiy ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmasa;
- o‘z oldingizda yuqori maqsad qo‘ya olsangiz;
- maqsadingizga bosqichma-bosqich, qiyinchiliklardan qo‘rqmasdan yetishib natijaga erishish qobiliyatingiz bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.

Yengil atletika bo‘yicha ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha xohlovchilarga xalqaro nufuzli sport musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratiladi.

Ko‘rik-tanlov shu yilning 25 noyabr boshlab o‘tkazila boshlanadi. Viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha kastinglar quyidagi grafik asosida tashkil etiladi.

Talabgorlar o‘zlari bilan sport formasini olib kelishlari lozim.

Ko‘rik tanlov yuzasidan savol va fikr-mulohazalar bo‘yicha Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari - Aliyev Azam Akbarovich (974240217) va Tsvetkov Nikolay Ivanovichga (909993851) telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Xalqaro doiradagi sportchiga aylanish imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!

Mavzuga oid