Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp chegarani yopish bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp zarurat paydo bo‘lsa, noqonuniy muhojirlarga qarshi kurash maqsadida Meksika bilan chegara yopilishini aytdi.
“Agar biror sabablarga ko‘ra bu zarur bo‘lsa, janubiy chegaramizni yopamiz. Immigratsiya qonunlarining o‘nlab yillar buzilishlaridan keyin AQSh bunday serxarajat va xavfli vaziyatga boshqa indamay turolmaydi”, deb yozgan Tramp tvitterda. U mamlakatga qochqin maqomini olish huquqiga egalargina kiritilishini yana bir takrorlab o‘tgan.
“Janubiy chegaradagi muhojirlar har birining talabi sud tomonidan qondirilmaguncha AQShga kiritilmaydi. Biz mamlakatimizga qonuniy yo‘l bilangina kirishga ruxsat beramiz. Aks holda “ushlash va hibsga olish” hamda AQShga “kiritmaslik” siyosatimiz qo‘llanadi. Barcha noqonuniy muhojirlar Meksikada qoladi”, deb ogohlantirgan Tramp.
Tramp buni hozirda Meksikada AQShga kirishga urinayotgan minglab markaziy amerikalik muhojirlar to‘plangani bilan bog‘liq holda aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
10:40
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
10:10
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida Eronga yangi zarbalar berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026