Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nuriddinjon Ismoilov Nurlan Nigmatullin bilan uchrashdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlari hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga ko‘ra, 26 noyabr kuni delegatsiya a'zolari Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi Nurlan Nigmatullin bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddinjon Ismoilov ta'kidlab o‘tganidek, turli darajadagi aloqalarning faollashuvi ikkala mamlakatning ko‘pqirrali munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini anglatadi. Bugungi kunda ushbu munosabatlar parlamentlar hamkorligi yo‘nalishida ham izchil rivojlanib bormoqda.
– Bugun prezidentlar Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyevning o‘zaro bir-birini va qalin do‘stlikka asoslangan hamkorlikdagi samarali faoliyati sharofati bilan Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida barcha sohalarda ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga mustahkam asos yaratilmoqda. Bu esa qozoq va o‘zbek parlamenti a'zolarining hamkorligi hamda o‘zaro faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi, – dedi Nurlan Nigmatullin.
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Qozog‘iston Respublikasi Parlamentining Majlisi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Ikki mamlakat parlamentlari davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda faollik bilan o‘z hissasini qo‘shishi lozimligi ta'kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nuriddinjon Ismoilov Nursulton Nazarboyev bilan uchrashishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025