Bugun, 26 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Toşkent» savdo markazi (sobiq Turkuaz) hududida yakkakuraş sport turining aralaş turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev piçoqlab ketilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Ayni vaqtda sportçi Toşkent şahar 1-sonli klinik şifoxonasiga joylaştirilgan.
Huquq-tartibot organlaridagi manbaning tasdiqlaşiça, ayni vaqtda bu holat böyiça içki işlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat işi oçilgan, tergov harakatlari olib borilişi ustidan prokuratura nazorati örnatilgan.
Eslatib ötamiz, Murod Xontörayev şu yilning 21 iyuniga ötar keçasi Yunusobod tumani hududidagi tungi klubda röy bergan mojaro iştirokçisi bölgan, u kökrak qismiga piçoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. U keyinroq şifoxonadan militsiyaga söroq beriş uçun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi.
Sud uni JK 277-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan bezorilik sodir etilişi) böyiça aybdor deb topdi («Osiyo ayiği» laqabi bilan maşhur Murod Xontörayev ilgari ham sudlangan).
Avvaliga unga 3 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi. 12 oktabr kuni Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tumani sudida Murod Xontörayevga jarima tarzidagi jazoni qölladi. Sportçi EKIHning (172 240 söm hisobida) 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 söm) tölab, ozodlikka çiqdi.
Ma'lumot uçun, Xontörayev 1987 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ayni paytda u Toşkent şahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining 3-kurs talabasi hisoblanadi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor.
Murod Xontörayevning piçoqlanişi böyiça tafsilotlar paydo böldi











