26 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Toşkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakuraş sport turining aralaş turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev piçoqlab ketilgani xabar berilgandi.

Kun.uz manbasi uşbu hodisa böyiça ba'zi tafsilotlarni ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, 2018 yilning 26 noyabr kuni Murod Xontörayev taxminan soat 14:30larda «Toşkent savdo markazi»da joylaşgan ofisida özining tanişlari - 1984 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan A.R. va 1988 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan I.S.lar bilan ötirgan vaqtida 6-8 nafar noma'lum şaxs qora rangli maxsus kiyimda yuzlariga niqob taqqan holda kirib kelib, ularga yerga yotiş haqida buyruq berişgan. Şundan söng, noma'lum şaxslar özlari bilan olib kelgan ötkir tiğli jismlar, temir bölaklari, rezina tayoqlar va pnevmatik öq otar qurollardan foydalanib Murod Xontörayev va I.S.ni urib tan jarohati yetkazişgan.

Uşbu hodisadan söng, Murod Xontörayev Ibn-Sino nomidagi 1-son şahar klinik şifoxonasiga murojaat etgan. Unga boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi, boş öng tepa sohasi ezilib yorilgan jarohati, öng son, dumba sohasi köplab sançilib kesilgan jarohatlari (9ta), ikkala kökrak usti sohasi sidirilgan jarohati, çap tirsak sohasi kesilgan jarohati taşxisi qöyilgan.

Ayni vaqtda bu holat böyiça içki işlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat işi oçilgan, tergov ustidan prokuratura nazorati örnatilgan.

Eslatib ötamiz, Murod Xontörayev şu yilning 21 iyun kuni Yunusobod tumanidagi tungi klubda kökrak qismiga piçoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. Keyinçalik u sud hukmi bilan qamoqqa ham olindi.

12 oktabr kuni Jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tumani sudida M.Xontörayevga jarima tarzidagi jazo qöllandi. Sportçi EKIHning 94 baravari miqdorida jarima töladi.

Murod Xontörayevning ofisiga hujum videolari tarqaldi