Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Boşoqli don yetiştirişni yanada rağbatlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hukumat qarorida boşoqli don ekinlari hosildorligini oşiriş, yuqori sifatli uruğlik materiallarini tayyorlaş, agrotexnologiyaning ilğor usullarini qöllaş hamda fermer xöjaliklarini rağbatlantiriş mexanizmlarini joriy etiş borasida izçil islohotlar amalga oşirilayotganiga qaramasdan, yetiştirilayotgan boşoqli don hosilini keskin köpaytirişda töliq foydalanilmagan imkoniyatlar va öz yeçimini kutayotgan jiddiy muammolar saqlanib qolayotgani sanab ötilgan.
Mazkur qaror boşoqli don ekinlarini parvarişlaş böyiça belgilangan agrotexnik tadbirlarni öz muddatida ötkaziş hisobiga kafolatlangan hosil olinişini ta'minlaş, yer maydonlaridan samarali foydalaniş va yuqori hosildorlikka erişişda fermer xöjaliklari mas'uliyatini yanada oşiriş hamda ularni rağbatlantiriş tizimini joriy qiliş maqsadida qabul qilinmoqda.
Hukumat qaroriga köra, qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan suğoriladigan maydonlarning har gektaridan 40 sentnerdan kam hosil oliş «yerga nisbatan xiyonat» deb baholanib, yer ijara şartnomasi bekor qilinişigaça çoralar körilişi belgilab qöyilmoqda.
2019 yildan boşlab, Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlariga suğoriladigan yerlarda boşoqli don yetiştiruvçi fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi korxonalariga yagona yer soliğini hisoblaşda soliq stavkalariga hosildorlik har gektariga 30 sentner va undan past bölganida 2 barobar, 31 sentnerdan 40 sentnergaça bölganida 1,5 barobarga köpaytiruvçi koeffitsiyentlar qöllaş tartibi kiritiladi.
Qarorda 2019 yil hosili uçun yetiştiriladigan 3-sinfli yumşoq buğdoyning har bir tonnasi uçun kafolatlangan davlat xaridining örtaça narxini 1.200.000 söm miqdorida belgilaş taklifi qabul qilingan.
Örnatilayotgan yangi tartibga köra, 2019 yil hosilidan boşlab:
a) qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan suğoriladigan maydonlarda yetiştirilgan boşoqli don hosildorligiga qarab, davlat xaridi uçun yetkazib berilgan don xarid narxiga 25 foizgaça ustama yoki çegirma qöllaniladi.
Bunda, boşoqli don hosildorligi har gektaridan:

















