Sport | 08:22 / 28.11.2018
7855
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat olimpiadasida AQShga mag‘lub bo‘ldi

Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi davom etmoqda.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasi 4-raundda AQSh termasiga 2,5 -  1,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Nodirbek Abdusattorov (2560) birinchi doskada David Brodskiyga (2415) qarshi durang o‘ynadi.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Nodirbek Yoqubboyev (2549) ikkinchi doskada Xans Nimannga (2439) mag‘lubiyatga uchradi. Javohir Sindorov (2513) uchinchi doskada raqibi Vesli Vangga (2248) yutqazdi. Shamsiddin Vohidov (2456) to‘rtinchi doskada Akshita Gorti (2308) ustidan zafar quchdi.

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

Yakuniy hisob: AQSh foydasiga 2,5 – 1,5.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik yosh iqtidor egalari Polsha, Moldova va Vengriya terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid