Venesuela prezidenti Nikolas Maduro oxirgi 15 kun içida kolumbiyalik oğufuruşlarning 4 ta samolyoti urib tuşirilganini ma'lum qildi.
“Bu 15 kun içida Venesuela osmonida parvoz qilmoqçi bölgan, biroq bolivar harbiy-havo kuçlariga töqnaş kelgan Kolumbiya narkotrafigining 4 ta samolyoti urib tuşirildi”, deb aytgan Maduro davlat televideniyesi orqali.
Uning aytişiça, mamlakat harbiy-havo kuçlarining bu harakatlari milliy hukumat tomonidan Venesuela hududidagi noqonuniy kuçlarga qarşi olib borilayotgan işdan darak beradi.
Maduro 2013 yilda narkomafiyaning Venesuela hududidan uçib ötuvçi har qanday samolyoti urib tuşirilişiga ijozat beruvçi qonun me'yori tasdiqlanganini ma'lum qilgandi. Bu qonun loyihasini işlab çiqişni sobiq prezident Ugo Çaves taklif qilgan, söngra parlament hujjatni ma'qullagan.

















