Butunjahon boks kengaşi (WBC) Xalqaro Olimpiya qömitasiga boksning Olimpiada dasturida saqlanib qolinişi iltimosi bilan murojaat qildi.
Noyabr boşida Xalqaro havaskor boksçilar uyuşmasining (AIBA) Moskvadagi kongressida Özbekiston vakili Ğofur Rahimov uşbu taşkilot prezidenti lavozimiga saylangandi. AQŞ moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qiliş departamenti Rahimovni sanksiyalar röyxatiga kiritgani sabab, XOQ Rahimovga AIBA prezidenti lavozimiga uning nomzodi ilgari surilişi boksning Olimpiada dasturida saqlanib qolinişi masalasiga ta'sir qilişi mumkinligini ma'lum qilgan. Keyinroq XOQ AIBA kongressining qarorini bir oydan keyin ijroiya qömitasi yiğilişida muhokama qilişi ma'lum bölgandi.
“Boks Olimpiadaning asosiy turlaridan biri bölgan va 1904 yildan boşlab zamonaviy Olimpiya öyinlari dasturida bor. Butun boks olami XOQ va AIBA boksning Olimpiada dasturida bölişini xavf ostiga qöyayotgan zidddiyatlar böyiça kelişib olişiga işonadi. Havaskorlik boksi yoş yigitlarga öz orzulariga erişişlari va öz davlatlarini Olimpiadada taqdim qilib, şon-şuhrat qozonişlariga imkon beradi”, deb aytilgan WBC bayonotida.
Ma'lum qilinişiça, Kiyevdagi har yillik konvensiyada WBC vakillari millionlab boks ixlosmandlari boksning Olimpiya öyinlarida qolişi istagini bildirişgan petitsiyaga imzo qöyişgan.


















