Gap shundaki, aksiyadorlik tijorat Xalq banki Jizzax viloyati filialiga Jahon bankining Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi (MFSR) tomonidan taqdim etilgan pul mablag‘lari hisobidan jami 1 351.9 ming AQSh dollari miqdorida qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda naslli chorva mollari sotib olish uchun ajratib berildi.

Foto: Xalq banki 

Jumladan, bankning Arnasoy filiali mijozi "Sangzor" fermer xo‘jaligiga naslli yirik shoxli chorva mollari sotib olish uchun 89,7 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratildi. Fermer ushbu mablag‘ga Avstriya davlatidan Simmental zotli 33 bosh chorva moli olib kelib, xo‘jalikdagi chorva mollar sonini 265 boshga yetkazdi. Ayni paytda aholiga sifatli go‘sht va sut mahsulotlari yetkazib bermoqda.

- Yoshligimdan chorvaga qiziqaman, shuning uchun 2010 yilda chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil qildim, - deydi Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax samo chashmasi” fermer xo‘jaligi rahbari Kamol Qahhorov. – Joriy yil boshida Xalq bankida Jahon banki tomonidan taqdim qilingan sarmoya doirasida pul mablag‘lari ajratilayotgani haqida eshitib, bankning tuman filialiga murojaat qildim. Menga bank tomonidan ma'lum shartlar asosida 86,9 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Shundan so‘ng Avstriya mamlakatidan 33 bosh Shvits zotli naslli chorva moli olib keldim.  

Foto: Xalq banki 

Darhaqiqat, ushbu tashabbuskor fermerning rejalari bisyor. Ayni paytda 86 bosh qoramolga ega xo‘jalikni yirik chorva kompleksiga aylantirish harakatida yuribdi. Kelajakda sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlovchi uskunalar o‘rnatish niyati ham bor. Bularning barchasini xorijiy sarmoya ko‘magida amalga oshirmoqchi.

Texnikani fermerning qanotiga qiyoslashishi bejizga emas, chunki texnikaning kuchi fermerning uzog‘ini yaqin, og‘irini esa yengil qiladi.  Jahon bankining qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasidagi loyihalari doirasida viloyatdagi ko‘plab fermerlar chetdan zamonaviy texnikalar olib kelmoqda.

Foto: Xalq banki