Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston Rossiyani taslim etdi
Turkiyaning Konya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha Butunjahon olimpiadasi davom etmoqda.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, mamlakat terma jamoasi 5-raundda Rossiya termasini 3-1 hisobida taslim etdi.
Nodirbek Abdusattorov (2560) birinchi doskada Andrey Yesipenko (2609) bilan durang o‘ynadi. Nodirbek Yoqubboyev (2549) ikkinchi doskada Dmitriy Tsoyni (2429) taslim etdi. Javohir Sindorov (2513) Stefan Pogosyan (2381) bilan durang qayd etdi. Shamsiddin Vohidov (2456) to‘rtinchi doskada Volodar Murzinga (2340) hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

29 noyabr kuni Olimpiadada dam olish kuni, 30 noyabrda esa 6- va 7-turlar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat olimpiadasi 4-raundida AQShga mag‘lub bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
13:06 / 21.10.2025
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
11:13 / 21.08.2025