Gruziyada prezident saylovlarida ğolib bölgan Salome Zurabişvili hozir Rossiya bilan hamkorlik qilişning mavridi emasligini aytdi.
“Rossiya özini hozirgidek tutişni davom ettirar ekan, odamlar öğirlanayotgan okkupatsiya çiziğida yuz berayotganlar va bu liniya hududimizga tobora içkarilab borayotgani, tobora Tbilisiga yaqinlaşayotgani, Rossiya Ukrainaga nisbatan özini tutayotgani hisobga olinsa, bular biz hozir hamkorlikka ötişimizni anglatadi, deb öylamayman”, deb aytgan Zurabişvili.
Uning aytişiça, Gruziya Yevropani qöllab-quvvatlaydi va Yevropa hamda Amerika timsolida ğarb davlatlari Rossiya bilan muloqot boşlaşsa, unda Gruziya çetda qolmaydi.
Gruziya Rossiyani Janubiy Osetiya bilan çegara çiziğida odamlar öğirlaşda bir neça marta ayblagan. Rossiya Janubiy Osetiyani mustaqil davlat, Gruziya esa öz hududi deb hisoblaydi.
29 noyabrda Gruziya markaziy saylov komissiyasi mamlakatda ötgan prezident saylovlarining 2-turi natijalarini e'lon qildi. Ularga köra, Zurabişvili 59,52 foiz ovoz bilan saylovlarda ğalaba qozongan.

















