Jahon | 01:21 / 30.11.2018
28023
2 daqiqa o‘qiladi

Hind okeani tubida sirli shovqin qayd etildi

Foto: Ostrov Mayotta. © iStock

2018 yil 11 noyabrda olimlar dunyo okeani tubida g‘ayrioddiy shovqinni qayd qilishgan. Bu haqda National Geographic telekanali xabar berdi.

Seysmik to‘lqinlar manbasi Hind okeanidagi Mayotta orolidan taxminan 24 km uzoqlikda bo‘lgan. To‘lqinlar u yerdan Afrika, Janubiy Amerika, Yangi Zelandiya, Kanada va Gavayi orollarigacha yetib borgan.  

Tebranishlar datchiklar tomonidan butun dunyo bo‘ylab qayd qilingan. “Noodatiy va juda past chastotali signal” taxminan har 17 soniyada 20 daqiqa davomida takrorlangan.

“Men avval bunday narsaga duch kelmaganman”, deb aytgan Kolumbiya universiteti seysmologi Goran Ekstrem.

“Biz bilmaydigan ko‘p narsalar bor. Bu stansiyalarimizda qayd qilingan barcha ma'lum signallardan mutlaq yangisidir”, deb aytgan Fransiya geologik tadqiqotlar byurosining seysmik va vulqon xatarlari bo‘limi rahbari Nikolya Teylfer.

Sirli shovqin manbasi Madagaskar yaqinidagi Mayotta orolidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda bo‘lgan.

Olimlarning aytishicha, bunday tebranishlar juda kuchli zilzilalardan keyin kuzatilishi mumkin, biroq yaqin orada bunday zilzilalar kuzatilmagan.

Taxminlardan biriga ko‘ra, anomal signal Mayotta yaqinidagi suv osti vulqoni otilishi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Agar bu taxmin tasdiqlansa, bu orolning harakatlanishini tushuntirishi mumkin: GPSdan olingan ma'lumotlarning ko‘rsatishicha, Mayotta oroli iyuldan boshlab sharqqa 60 mm, janubga 30 mmga siljigan.

Mavzuga oid