Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar «Shovqindan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ortga qaytardi
Qonun loyihasi bilan fuqarolarning tinchligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtni amaldagi yetti soatdan (soat 23:00 dan 6:00 gacha) sakkiz soatga (soat 23:00 dan 7:00 gacha), qonunchilikda belgilangan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida esa soat 22:00 dan 9:00 gacha o‘zgartirish taklif etilyapti.
Foto: Shutterstock
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «Aholini zararli shovqin ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.
Qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘ini amaldagi yetti soatdan (soat 23:00 dan 06:00 gacha) sakkiz soatga (soat 23:00 dan 07:00 gacha), dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari esa soat 22:00 dan 09:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘iga o‘zgartirish taklif etilmoqda. Ushbu vaqt oralig‘ida fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilyapti.
Shuningdek, aholi istiqomat qiladigan ko‘p kvartirali uylarda shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan oshadigan qurilish va ta’mirlash ishlarini ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha amalga oshirish mumkinligi belgilab qo‘yilyapti.
Qonun loyihasini qabul qilishga deputatlarning teng yarmi — 64 nafari qarshi ovoz berdi, 41 nafari yoqlab, 17 nafari betaraf qoldi, 5 nafari esa ovoz bermadi. Hujjat matni mas’ul qo‘mita tomonidan takomillashtirilgach, Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Mavzuga oid
18:58 / 22.11.2025
Toshkentda qurilish maydonlariga ham suv sepilmoqda
15:12 / 22.11.2025
O‘zbekistonda qurilish bozori hajmi 10 oyda qariyb 15 foizga oshdi
12:04 / 22.11.2025
Ekologik qonunbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiya faqat yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanadi
15:38 / 21.11.2025