Özbekiston matbuot va axborot agentligi boş direktori vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan Komil Ismoiloviç Allamjonov 29 noyabr kuni boş vazir örinbosari, Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov tomonidan jamoaga taniştirildi.

ÖzMAAning yangi rahbari ilk iş kuni haqida feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar qoldirgan.

«Yangi jamoa bilan ilk uçraşuv. Boş vazir örinbosari, Moliya vaziri Jamşid Anvaroviç Qöçqorov taniştirdi.

Hayajonli va mas'uliyatli lahzalar. Ommaviy axborot vositalarining ahamiyati, ularning fuqarolik jamiyatini rivojlantirişdagi roli va hissasi beqiyos.

Mamlakatimiz rahbari yurtimizda söz erkinligiga katta e'tibor qaratmoqda va bu borada öz hissamni qöşiş men uçun şaraf va mas'uliyatli vazifadir.

Özbekiston matbuot va axborot agentligi rahbarligini menga işonib topşirişar ekan, men uşbu muassasa jurnalistlar faoliyatining erkinligini kafolatlovçi hamda söz va matbuot erkinligini rivojlantirişga kömaklaşuvçi taşkilot sifatida şakllanişiga bor kuçimni safarbar etişga harakat qilaman.

Özbekiston matbuot va axborot agentligi prezident Şavkat Mirziyoyevning sözlarini hayotga keng tatbiq etişi lozim:

«...oldimizda ommaviy axborot vositalari xodimlarining mehnat va turmuş şaroitlarini yaxşilaş, ularning murakkab va mas'uliyatli faoliyatlarini munosib baholaş, sohani yanada rivojlantirişga e'tibor qaratiş kabi muhim vazifalar belgilangan»

«Biz naşriyot, telekörsatuv va radioeşittirişlarda oşkoralik, obektiv tahlil va tanqidiy muhitni, şuningdek, jurnalistlarimizning xorij manbalaridan keng foydalaniş imkoniyatlarini oşirişni qöllab-quvvatlaymiz».

«OAV faqatgina tilda emas, haqiqatda ham törtinçi hokimiyatga aylanişi lozim».

Foto: Komil Allamjonov / Facebook
Özbekiston matbuot va axborot agentligining vazifalari nimalardan iborat?