Ukraina taşqi işlar vazirligi rahbari Pavel Klimkinning aytişiça, u Rossiya tomoni bilan diplomatik aloqalarni töxtatiş tarafdoridir. Bu haqda vazir «1+1» telekanali efirida ma'lum qildi.
Vazirning sözlariga köra, sönggi vaqtlarda Ukraina Rossiya bilan «48ta ikki tomonlama bitimni öldirdi» hamda yana qariyb 40tasini bekor qilmoqçi.
«Mening fikrimça, şaxsan va ruhiy jihatdan, bizga Rossiya Federatsiyasi bilan diplomatik aloqalar umuman kerak emas», - dedi Klimkin.
Uning qöşimça qilişiça, şu bilan birga, Rossiya hududidagi ukrainaliklar haqida unutmaslik kerak. Klimkinning aniqlik kiritişiça, Rossiyada qariyb 3,5 million ukrainalik bor. Bundan taşqari, ikki davlat örtasida çegarani kesib ötiş körsatkiçining ösişi ham kuzatildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Putin haqida oçiq gapirgandi.

















