O‘zbekiston | 14:40 / 30.11.2018
5050
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni muhokama qilmoqda

Belarus Respublikasining atom energetikasi sohasidagi tajribasi bilan tanishish maqsadida mamlakatda shu yilning 28-30 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining «O‘zatom» agentligi Bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi delegatsiyasi tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.    

«O‘zatom» agentligi matbuot xizmati xabar qilishicha, tashrif davomida 29 noyabr kuni Belarus Respublikasi Energetika vazirligida delegatsiya a'zolarining vazir o‘rinbosari Mixail Mixadyuk bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus Respublikasining atom elektrostansiyasini qurish sohasidagi tajribasiga oid qator masalalar muhokama qilindi. 

Belorus tomoni «O‘zatom» agentligi va «Enter Engineering Pte Ltd.» pudratchi tashkilot vakillarini stansiyani qurish, milliy yadroviy energetik dasturni ilmiy asoslash, qurilishda tizim tarkibiga kiruvchi vazirliklar ishtiroki va boshqa masalalar bo‘yicha to‘plangan tajriba bilan tanishtirdi.

Uchrashuv doirasida Belarus Respublikasi Energetika vazirligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumining imzolangan nuxsalari almashildi. 

Safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasining «Belnipienergoprom» RUP rahbariyati bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Belarus AES qurilishiga investitsiya kiritish bo‘yicha asoslashni tayyorlash, atom elektrostansiyasini qurishga mo‘ljallangan raqobat maydonchalarni baholash va ustuvor maydonchani, shuningdek AESning atrof-muhitga ta'sirini baholash bo‘yicha materiallarni tanlash bo‘yicha tajriba o‘rganib chiqildi.

Shunindek, tashrif dasturidan atom elektrostansiyasi maydonchasini borib ko‘rish va «Belorusskaya AES» davlat korxonasi rahbariyati bilan tanishuv ham o‘rin olgan.

Mavzuga oid