Jahon | 01:26 / 01.12.2018
7549
2 daqiqa o‘qiladi

Eng yirik mehmonxonalar tarmog‘ining 500 mln mijozi haqidagi ma'lumotlar o‘g‘irlandi

Eng yirik mehmonxonalar tarmog‘i Marriott International butun dunyo bo‘ylab mehmonxonalarining 500 mlnga yaqin mijozi haqidagi shaxsiy ma'lumotlar o‘g‘irlanganini ma'lum qildi. Kompaniya serverlaridagi ma'lumotlar 4 yil avval o‘g‘irlangan.

Bayonotga ko‘ra, ma'lumotlar o‘g‘irlanganiga joriy yil 19 noyabrdagina e'tibor qaratilgan. Ma'lumotlarning tashqariga chiqib ketishi 2014 yilda bronlash tizimi Starwood’ga xakerlik hujumi oqibatida yuz bergan. Natijada xakerlar 500 mlnga yaqin mijoz haqidagi ma'lumotlarni qo‘lga kiritishgan.  

Xakerlar 327 mlndan ko‘proq mijozning tug‘ilgan sanasi, pasport ma'lumotlari, elektron pochtasi kabi ma'lumotlarni qo‘lga kiritishgan. Shuningdek, internetga mijozlarning bank kartalari haqidagi ma'lumot ham tushgan, biroq u xakerlarda ham shifrlangan bo‘lgani sabab bu ma'lumotlardan foydalanish imkoni yo‘q. Marriott International mijozlariga ushbu voqea sabab uzr so‘ragan va ularning barchasini pochta orqali xabardor qilishga va'da bergan.

Mavzuga oid