Xalqaro Olimpiya qömitasi ijroiya qömitasi Tokioda 2020 yilda ötuvçi yozgi Olimpiadada boks musobaqasini ötkaziş böyiça rejalarni muzlatib qöydi.
Bu qaror Xalqaro havaskorlik boksi uyuşmasiga (AIBA) nisbatan olib borilayotgan tergov va uning amaldagi rahbariyatidan norozilik bilan boğlangan.
XOQ AIBA rahbari lavozimiga AQŞ moliya vazirligi sanksiyalari ostiga tuşgan Ğofur Rahimovning saylanganidan norozi bölmoqda.
Şuningdek, uyuşmaga nisbatan uning moliyaviy va aksildoping faoliyati böyiça tergov boşlangan.
XOQ qaror doirasida AIBA’ni moliyalaştiriş, çiptalar sotiş, kvalifikatsiya va saralaş tizimini tasdiqlaş va tatbiq qilişni töxtatib qöygan. Şu bilan birga XOQ sportçilar manfaatlarini himoya qiliş va musobaqaning ötkazilişi uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşirişga va'da bergan.
Bundan taşqari, XOQ huzurida uyuşmaning hisobotini batafsil örganib çiquvçi va ehtimoliy sanksiyalar böyiça tavsiyalar röyxatini tuzuvçi maxsus qömita taşkil etildi.
2020 yilgi Olimpiadada boks musobaqasi ötkazilişi yoki ötkazilmasligi böyiça yakuniy qaror XOQning 2019 yilda Lozannada ötadigan keyingi sessiyasida qabul qilinadi.


















