Jamoatçilik fikrini örganiş bilan şuğullanuvçi «Ijtimoiy fikr» markazi «Ösmirlar özlari va kun tartibi haqida» ijtimoiy  sörovnomasini ötkazdi. Kun.uz muxbiriga ma'lum qilinişiça, sörovnoma ötkazişdan asosiy maqsad ösmirlarning kun tartibi, uning öquvçilar hayot tarziga ta'siri, ularning ijtimoiy yönaliş va qiziqişlarini örganişdan iborat bölgan.

Sörovnoma respublikaning barça hududlarida ötkazilgan bölib, unda şahar va qişloq joylarida yaşovçi 12 yoşdan 16 yoşgaça bölgan öquvçilar qatnaşgan.

Sörovnoma natijalari töğri tuzilgan kun tartibi, ya'ni öqiş, dam oliş, uyqu, ovqatlaniş, jismoniy maşğulotlarga vaqtni töğri taqsimlaş ösmirlarning ruhiy va jismoniy şakllanişida muhim rol öynaşini körsatgan. 

Tadqiqot davomida aniqlanişiça, kun tartibidagi buzilişlar ösmirlarning jismoniy salomatligi va maktabdagi öqişida jiddiy aks etadi. 

Ma'lumotlarga köra, ösmirlarning tungi uyqu davomiyligi örtaça 8,5 soatdan 9,5-10 soatgaça vaqtni taşkil qiladi. Ma'lumotlar tahlili uyqu rejimining buzilişi asosan (21,1 foiz) katta yoşli ösmirlarda kuzatilişini körsatdi va bunday holat köproq (16,9 foiz) şaharda yaşovçi maktab öquvçilariga xos. Sörovnomada iştirok etgan 16 yoşli ösmirlarning 1,4 foizi uyquga juda keç yotişini aytgan. Bu toifadagi ösmirlar öz xatti-harakatlari, kayfiyati, salomatligi bilan boğliq salohiyatli xavf zonasida bölib, pedagog va ota-onalaridan özlariga katta e'tibor talab qilişadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida ötkazilgan ijtimoiy sörovnoma natijalarining körsatişiça, aksariyat ösmirlar (82,9 foiz) muntazam ravişda gigiyenik tartibga rioya qiladi, xususan, yuz-qöllarini yuvib, tişlarini tozalaydi. Tadqiqot natijalariga köra, şaxsiy gigiyena masalasida qiz bolalar mas'uliyatliroq ekani ma'lum böldi. Ta'kidlaş joizki, sörovnoma davomida tişlarini ham ertalab, ham keçqurun tozalovçi birorta ösmir aniqlanmagan.

Şuningdek, sörovnoma yakunlariga köra, 31,8 foiz maktab öquvçisi muntazam ravişda badantarbiya bilan şuğullanişi ma'lum qilindi; 23,3 foizi - badantarbiya qiladi, biroq muntazam emas; 7,4 foizi - ota-onalari bosimi ostida jismoniy maşğulotlar bilan şuğullanadi. Har uçinçi ösmir esa umuman badantarbiya qilmaydi, ular orasida qişloq şaroitlarida yaşovçi ösmirlar köpçilikni taşkil etadi.

Tadqiqot natijalari ösmirlarning aksariyati kuniga uç marta ovqatlanişini (nonuşta, tuşlik, keçki ovqat) körsatdi. Sörovnoma davomida ösmirlar ulğaygani sari ularning tölaqonli ovqatlaniş rejimi qisqarişi aniqlandi. Bu esa maktab öquvçilarining salomatligiga salbiy ta'sir körsatadi.