Sport | 18:07 / 02.12.2018
24555
2 daqiqa o‘qiladi

XOQ prezidenti: janob Rahimovga nisbatan XOQ tomonidan hech qanday sanksiya qo‘yilmagan

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

“Biz Yaponiya milliy boks federatsiyasidan boks bo‘yicha Olimpiya musobaqasini bekor qilmaslik haqida so‘rov oldik va bu so‘rovga to‘la qo‘shilamiz. Tokioda boks bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tishini xohlaymiz va musobaqalar o‘tkazilishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz”, dedi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

U shuningdek, XOQ nima uchun G‘ofur Rahimov Xalqaro havaskorlik boksi uyushmasiga (AIBA)ga rahbarlik qilishiga rozi bo‘lmayotganini ma'lum qildi.

“Janob Rahimovga keladigan bo‘lsak, bu unga qarshi shaxsiy ish emas. XOQ Ijroiya qo‘mitasining qarori bilan tanishib chiqsangiz, uning sanksiyalar ro‘yxatidagi cheklovlar bois xalqaro federatsiya prezidenti vazifasini to‘laqonli ravishda bajara olmasligidan tashvishlanayotganimizga guvoh bo‘lasiz. Masalan, bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, AIBA o‘zining bosh qarorgohi joylashgan mamlakat – Shveytsariyada bank hisobraqamini ocha olmaydi. Shaxsan janob Rahimovga nisbatan XOQ tomonidan hech qanday sanksiya qo‘yilmagan”, dedi u.

Avvalroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasi Tokioda 2020 yilda o‘tuvchi yozgi Olimpiadada boks musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha rejalarni muzlatib qo‘ygani xabar qilingandi

Mavzuga oid