Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyoramizning eng yaxshi plyajlari nomi ma'lum qilindi
Kanadaning Flight Network yirik turistik agentligi sayyoramizning eng yaxshi 100 plyaji yillik reytingini e'lon qildi.
Birinchi o‘rinda Gretsiyaning Zakinf orolidagi Navayo (Cho‘kkan kema plyaji) plyaji o‘rin oldi. Bu maskanning o‘ziga xosligi, sohilda bir paytlar cho‘kib ketgan kema joylashgan.
Keyingi o‘rinni Avstraliyadagi yaqin-atrofida birorta ham mehmonxona bo‘lmagan Oq gavan plyaji egalladi.
Uchinchi o‘rin Filippinning El Nido orolidagi Yashirin plyajga (Hidden Beach) nasib etdi..
Yuqori beshlikka shuningdek, Braziliyadagi Prayya-do-Sancho va Meksikadagi Tulum plyajlari kiritildi.
Xabar qilinishicha, reyting turizm sohasidagi 1200 nafar mutaxassis ishtirokida tuzilgan. Plyajlar go‘zal manzarasi, uzoq masofadaligi hamda qum va suvning sifatiga ko‘ra baholangan.
Mavzuga oid
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026