Internetda Toşkent şahar 1-sonli klinik şifoxonasiga huquq-tartibot organlari xodimlari kelib, MMA jangçisi Murod Xontörayevni özlari bilan olib ketişgani tasvirlangan video paydo böldi.

Uşbu videoda şifoxonaga Içki işlar vazirligining bir neça maşinasi kelgani, Murod Xontörayev bu maşinalardan biriga çiqqani tasvirlangan.

Ayni damda şifoxonada davolanayotgan sportçi nima maqsadda olib ketilgani ma'lum emas.

26 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Toşkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakuraş sport turining aralaş turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev piçoqlab ketilgani xabar berilgandi.

Huquq-tartibot organlaridagi manbaning tasdiqlaşiça, ayni vaqtda bu holat böyiça içki işlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat işi oçilgan, tergov harakatlari olib borilişi ustidan prokuratura nazorati örnatilgan.

Eslatib ötamiz, Murod Xontörayev şu yilning 21 iyuniga ötar keçasi Yunusobod tumani hududidagi tungi klubda röy bergan mojaro iştirokçisi bölgan, u kökrak qismiga piçoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. U keyinroq şifoxonadan militsiyaga söroq beriş uçun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi. 

U oktabr oyida  EKIHning (172 240 söm hisobida) 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 söm) tölab, ozodlikka çiqqandi.

Murod Xontörayevning ofisiga hujum videolari tarqaldi