Iqtisodiyot | 17:16 / 04.12.2018
54796
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yil uchun «shokka soluvchi taxminlar» ma'lum qilindi

Foto: SITA/AP

Daniyaning Saxo Bank investitsiya banki o‘z saytida jahon iqtisodiyotiga «ulkan» ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy hodisalar ro‘yxatini e'lon qildi.

Bankning taxminlaridan biriga ko‘ra, 2019 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Federal zaxira tizimi (FZT) rahbari Jyerom Pauellni ishdan bo‘shatishi mumkin. Bunday qaror, Saxo Bank tahlilchilarining fikricha, shunga olib kelishi mumkinki, 2019 yil yozida Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyoti «chuqur jarlikka» tushib qoladi.

Boshqa ssenariyga ko‘ra, Apple korporatsiyasi Tesla elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchisini sotib olib, kompaniya nominal qiymatidan 40 foizdan ko‘proq to‘lanadi. Shundan so‘ng, Apple Yevropa va Xitoyda elektr mobillar ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlar qurib, elektrokarlar sohasida jahon yetakchisiga aylanishi mumkin.

Shuningdek, Saxo Bank taxminiga ko‘ra, jahonda transport solig‘i qabul qilinishi ehtimoli mavjud, u tashuvlarning sezilarli darajada qimmatlashishiga olib keladi.

Boshqa «shokka soluvchi taxminlar» orasida - barcha kosmik sun'iy yo‘ldoshlarni ishdan chiqaradigan quyosh bo‘roni, Brexit bo‘yicha takroriy ovoz berish, Germaniya iqtisodiyotining retsessiyasi.

Saytda qayd etilishicha, bu prognozlar rasmiy emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda Yevroosiyo uchun global tahdidlar ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid