Hukumat qarori bilan Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi telegram-kanalining yozişiça, nizom bilan yöl-patrul xizmati (YPX) xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga köra töxtatilişi mumkin:
yöl harakati qoidalarining buzilişi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslamada qayd qilinganda;
transport vositasi, haydovçi yoki yölovçi qidiruvda ekanligi, yöl transport hodisasiga aloqador ekanligi haqida ma'lumotlar bölganida;
yöl transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganligini körgan haydovçi yoki yölovçidan hodisaga oydinlik kiritişga töğri kelganida;
harakatni çeklaş yoki taqiqlaş böyiça körsatmalarni bajarişda;
transportdan majburiy tartibda foydalanişga töğri kelganida;
maxsus tadbirlarni ötkaziş jarayonida;
transportdan foydalaniş va boşqariş huquqini beruvçi, transport va yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekşiriş uçun.
Boşqa asoslarga köra transportning töxtatilişi taqiqlanadi.
Transport hujjatlarni tekşiriş uçun töxtatilganda, faqat uşbu hujjatlarni tekşirişda aniqlangan qoidalar buzilişi böyiça çora köriladi.













