Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron raketa sinovlarini o‘tkazish uchun hech kimdan ruxsat so‘ramasligini bildirdi
Tehron raketa sinovlari o‘tkazish uchun hech kimning ruxsatiga muhtoj emas. Bu haqda IRNA agentligiga bergan intervyusida Eron qurolli kuchlari rasmiy vakili general Abulfazl Shakarchi ma'lum qildi.
"Agarda o‘z raketalarimizni sinovdan o‘tkazish kerak deb hisoblasak, buning uchun hech kimdan ruxsat so‘ramaymiz. Sinovni o‘tkazamiz. Eron milliy manfaatlari raketa dasturini rivojlantirishni taqozo qiladi", dedi Shakarchi.
U shuningdek, "Tehron o‘z raketa salohiyati haqida hech kimga ma'lumot berishga majbur emasligini", chunki Qo‘shma Shtatlar ham "o‘ziga berilgan barcha savollarga javob qaytarmasligini" aytdi.
1 dekabr kuni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Tehron BMT xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga zid ravishda ballistik raketa sinovini o‘tkazganini ma'lum qilgandi. Bunga javoban Shakarchi Eron o‘z mudofaa qobiliyatini kuchaytirish uchun raketa sinovlarini o‘tkazishda davom etishini bildirdi.
Mavzuga oid
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
16:47 / 02.06.2026
«Sening toming ketgan» – Tramp Livanga hujum tufayli Netanyahuni qattiq koyidi
21:04 / 01.06.2026